fbpx

MOHIRDEV PRAKTIKUM

FRONTEND PRAKTIKUM

Frontend dasturchi o’zi kim?

Frontend dasturchi UX/UI dizayner tomonidan chizib berilgan sayt maketlarini brauzerda turli o’lchamli ekranli uskunalarda qulay, tez va chiroyli ochilishini ta’minlovchi mutaxassis hisoblanadi. Frontend dasturchi yangiliklar sayti, blog, internet do’kon, kompaniyaning ishlarini avtomatlashtiruvchi platformalar va shu kabi ommabop veb ilovalar tuzishda frontend qismida ishtirok etuvchi mutaxassisdir.

Frontend dasturchi odatda veb dasturchilar jamoasi bilan birgalikda ishlaydi. Jamoa odatda loyiha boshqaruvchisi, UX/UI dizayner, backend dasturchi, quality assurance (QA) bo’yicha mutaxassis va frontend dasturchilardan iborat bo’ladi.

Frontend dasturchilarning asosiy vazifasi nafaqat dizaynni kodga o'tkazishdan iborat, balki dasturlarni qulay va tez ishlashini ta'minlashdir.

Nima uchun aynan Frontend praktikum kursi?

Mukammal o’quv dasturi
Bu kursda frontend dasturlash asoslari amaliyotga urg’u berilgan holda o’rgatiladi. Kurs davomida kundalik ishda juda kam ishlatiladigan mavzular bilan o’quvchilar vaqti olinmaydi. Balki, bir nechta maketlarni o’rgangan mavzular asosida davomiy boyitib borish usulida amaliy bilimlar o’rgatiladi. Amaliyot uchun FrontendMentor va FrontLoops platformalarida berilgan sifatli tuzilgan maketlardan foydalaniladi.

 

Kursni qunt bilan to’liq o’rganib chiqqan o’quvchilar uni tugatgandan keyin kurs tarkibidagi mavzularni boshqa manbalardan to’ldirib o’rganishlariga ehtiyoj bo’lmaydi. Zarurat bo’lganda, o’rganilgan texnologiyalardan yangi imkoniyatlar qo’shilganda ularni maqola va/yoki videolar asosida qiynalmay o’rgana oladilar.

 

HTML va CSS asoslariga ko’p e’tibor berilishi natijasida o’quvchilar noodatiy dizayndagi maketlarga duch kelishganda ularning yechimini topishga yetarli fundamental bilimlarga ega bo’lgan bo’lishadi.

 

Murakkab loyihalardan tashkil topgan portfolio
Kurs oxirida o’quvchilar portfolioisi uchun 15 dan ortiq loyihalar qilishadi. Bu loyihalar qilish orqali o’quvchilar junior sifatida birinchi ishini bemalol topa olishadi.

 

Siz uchun qulay vaqtda
Kurslarni o’zingizga qulay vaqtda, joriy ishlaringizga xalaqit qilmagan holda o’rganib borishingiz mumkin.

 

Kursimiz kimlar uchun?

Dasturlash sohasiga yangi bo’lganlar
Praktikum kursida barcha bilimlar 0 dan boshlab o’rgatiladi. Shu sababdan, umuman dasturlashdan xabari yo’q yoki ozgina tushunchasi bor o’quvchilar uchun bu kursni ideal deyishimiz mumkin.

 

Boshlang’ich Frontend dasturchilar

  • Frontend dasturlash bo’yicha turli manbalardan o’rganib, biroz tajribaga ega bo’lib, bilimlarini tartibga keltirishni istaganlar
  • Frontenddagi bilimlarini amaliy loyihalarda charxlab, kod yozishning optimal usullarini o’rganmoqchi bo’lganlar
  • Frontend dasturlashdagi verstka qismi bo’yicha boy portfolioga ega bo’lmoqchilar uchun bu kurs mos keladi

 

 

Kurs qanday tartibda o’tadi?

Videodarslar

Darslar video shaklda bo’lib, platformaga joylangan. Ularni xohlagan payt, istalgan joyda ko’rishingiz mumkin. Videolar yangilab boriladi.

Vazifalar
Har bir modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilargina, keyingi modulga kirish imkoniga ega bo’ladi. Test topshiriqlari bilan o’quvchilar o’z bilimlarini mustahkamlab, tekshirib olishadi.

Zoom uchrashuvlar
Kurs davomida shaxsan Muhammadjavohir Sur”atov bilan zoom uchrashuvlar bo’lib o’tadi. Bu uchrashuvlar davomida o’quvchilar o’zlarini qiynayotgan muammo va savollarga javob topishi mumkin. Uchrashuvlar talabga ko’ra tashkil etiladi.


Yopiq guruh
Telegramdagi yopiq guruhda o’quvchilar istalgan vaqt o’qituvchilar va mentorlardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishi mumkin. Ular har doim yordamga tayyor turishadi.

 

 

 

Kurs dasturi

01. HTML va CSS asoslari

Kursda avvaliga katta ekranli uskunalar uchun sayt tuzishga mos HTML va CSS texnologiyalari bo’yicha bilimlar beriladi. Bu bo’limda 10 dan ortiq turli murakkablikdagi loyihalar tuzib chiqiladi. Bu bo’limda HTML va CSSdagi bilimlarni amaliy mashqlar asosida birma-bir, zarur bo’lganda takroran bir-biriga o’xshash vazifalar asosida o’rganib chiqiladi.

Bunga qo’shimcha sifatida o’quvchilar Figma formatida chizilgan maketlar bilan ishlash, ulardagi assetlarni to’g’ri eksport qilish, mediafayllarni optimizatsiya qilish bo’yicha ham bilim oladilar.

Bo’lim davomida sodda interfaollikka ega holatlar uchun JavaScriptning DOM bilan ishlashga oid bir qancha imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.

Tuzilgan loyihalarni GitHubdagi profillariga joylab, Netlify sayti xizmati yordamida o’z loyihalarni ommaga chiqarishni o’rganishadi. Bu jarayonda dasturchilar bilishi shart bo’lgan Git texnologiyasidan ham foydalanishadi.

02. Turli ekranlarga moslashuvchi (responsive) sayt tuzish

Katta o’lchamdagi ekranlarga mos keladigan sayt tuzishni o’rganib bo’lgandan so’ng saytlarni turli planshet va telefonlarga ham moslashtirib chiqish o’rganiladi. Bunda 1-bo’limda o’rganilgan mavzularga qo’shimcha responsive sayt tuzishga mos ishlash usullari, mediafayllarni turli ekranlarga moslashtirish va mobile-first yondashuvi o’rganib chiqiladi. 1-bo’limda tuzilgan katta loyihalarni turli ekranlarga moslashuvchan bo’lishi uchun ularga o’zgartirishlar kiritiladi va zaruratga ko’ra yana boshqa yangi loyihalar ham tuziladi.

03. Sass preprocessor bilan ishlash

Loyihalarda CSS kod hajmi kattalashgani sayin uni tahrirlash murakkablashib boradi. CSS kodni tartibli va qo’shimcha imkoniyatlar bilan yozish uchun Sass preprocessordan foydalaniladi. U CSSga dasturlash imkoniyatlaridan bir qanchasini qo’shib beradi, kodni bir nechta fayllarga bo’lib ishlash va ko’p takrorlanadigan kodlarni qayta ishlatishga qulay formatga keltirishga yordam beradi.

Sassda ishlash davomida loyihalarning unga moslashgan to’g’ri fayllar arxitekturasini tuzish qoidalari ham berib boriladi

04. Bootstrap kutubxonasi

Saytlarni tuzishda ko’p uchraydigan sayt bo’limlari - komponentlar mavjud. Ba’zi saytlarni tuzishda ishni yengillashtirish va tezroq natija ko’rsatish uchun yarim tayyor HTML, CSS va JS kodlardan foydalanish mumkin. Ana shunday komponentlarda tashkil topgan kutubxonalardan foydalanishni Bootstrap kutubxonasi misolida o’rganib chiqiladi. Avvaliga uning 4-talqini asosida bir nechta saytlar tuzib chiqib, keyin Bootstrapning 5-talqini bilan ishlash va loyihalarni qanday qilib 5-talqinga moslash yo’llari ko’rsatiladi. Bu bo’limda kutubxonalar dokumentatsiyasi bilan ishlash usullarini o’rgana olganlar boshqa frontend kutubxonalari bilan ham erkin ishlay olishadi.

05. Rezyume va portfolio tayyorlash. Ishga kirish suhbatiga tayyorlanish

Oldingi bo’limlarda o’rganilgan bilimlarimizni o’z portfoliomizni tuzib boshqalarga chiroyli ko’rinishda taqdim qilishni o’rganamiz. Ish e’lonlarini qayerdan topish va e’lon bo’yicha murojaat qilayotganda nimalarga e’tibor berish kerakligi, rezyumeni to’g’ri tayyorlash mavzularini ko’rib chiqamiz.

Bundan tashqari, ishga kirishdagi suhbatda ko’p uchraydigan savollarga javob berish vazifasi berilib, bir nechta savollarga javob berish misollari ko’rsatiladi.

BONUS: ReactJS va Javascript asoslari

Bu bonus modullar orqali ReactJS va Javascript bo'yicha bilimlarga ega bo'lasiz

What Student’s Say

Our core values are at the heart of all that we do.


Jessica Felicio

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Cody Fisher

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Annette Black

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Theresa Webb

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.

KURS NARXI: 1,500,000 SO'M

Ko'p so'raladigan savollar

Frontend dasturlash kursimizning umumiy narxi 1,5 mln so’m. Shu sabab bu summani 6 oy uchun deyishimiz mumkin.

Praktikum Frontend dasturlash sohasidagi tajribali ustoz tomonidan o’tiladi. Kurs davomida o’quvchilar ish jarayonida talab qilinadigan eng zarur ko’nikmalarni va eng yangi texnologiyalarni o’zlashtiradilar. Kurs oxirida o’quvchilar portfolio uchun 15 dan ortiq loyihalar qilishadi. Bu loyihalar qilish orqali ular junior sifatida birinchi ishiga kirishlari mumkin.

Kursni boshlash uchun hech qanday talab yo’q, chunki kursimiz 0 dan boshlab o’rgatiladi

Kurs onlayn videodarslardan tashkil topgan. Videodarslar platformaga joylashtirilgan. Foydalanuvchilar onlayn videodarslarni ko’rishlari mumkin. Afsuski, darslarni yuklab olish mumkin emas.

Har bir modul so’ngida test topshiriqlari beriladi. Bu topshiriqlar orqali olgan bilimlaringizni mustahkamlab olishingiz mumkin. Bundan tashqari, har bir modulda amaliy loyihalar qilib, bilimlaringizni mustahkamlaysiz.

Ha, albatta. ZOOM uchrashuvlari o’tkaziladi va u yerda o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin.

Albatta. Xohlasangiz, bundan kamroq muddatda darslarni ko’rib tugatishingiz mumkin. Lekin biz kursni 6 oy davomida tugatishni tavsiya qilamiz.

Kurs foydalanish muddati cheklanmagan. Platformadagi videodarslarni istagancha qaytarib ko’rishingiz mumkin.

O’zingizga bog’liq. Haftasiga 10 soat vaqt ajratishni tavsiya qilamiz.

Kursimizni tugatib, siz Junior Frontend dasturchi sifatida kompaniyalarda ishlashingiz yoki o’zingizni loyihangizni boshlashingiz mumkin.

Buning barchasi o’zingizga bog’liq. Sababi kursdagi bilimlardan tashqari sizning soft skillaringiz – kirishimlilik, jamoada ishlay olish, muammolarga yechib topish kabi ko’nikmalar maoshingizni belgilashda katta ro’l o’ynaydi.

Xa albatta, shartnoma asosida bo’lib to’lashingiz mumkin. Umumiy summaning birinchi 750 ming so’mni to’laganingizdan keyin, 2 hafta o’tib qolgan yarmini ham to’lashingiz kerak bo’ladi. Shartnoma haqida batafsil ma’lumot olish uchun @mohirdevsales ga murojaat qiling.

Kartadan kartaga pul ko’chirish yo’li orqali kursimizni xarid qilishingiz mumkin. Sotib olish uchun bog’laning: @mohirdevsales.

Bizning raqam:  +998 91 005 66 00. Telegram: @mohirdevsales (http://t.me/mohirdevsales )