fbpx

MOHIRDEV PRAKTIKUM

FRONTEND PRAKTIKUM

Frontend dasturchi kim va nima bilan shug’ullanadi?


Frontend dasturchi UX/UI dizayner tomonidan chizib berilgan sayt maketlarini brauzerda turli o’lchamli ekranli uskunalarda qulay, tez va chiroyli ochilishini ta’minlovchi mutaxassis hisoblanadi. Frontend dasturchi yangiliklar sayti, blog, internet do’kon, kompaniyaning ishlarini avtomatlashtiruvchi platformalar va shu kabi ommabop veb ilovalar tuzishda qatnashishadi. Sodda saytlardan tashqari brauzerda ishlashi kerak bo’lgan interfaol sahifalar, o’yin tuzish uchun ham frontend dasturlashning xos sohasidagi mutaxassislar mehnat qilishadi. Frontend dasturchi odatda veb dasturchilar jamoasi bilan birgalikda ishlaydi. Jamoada loyiha boshqaruvchisi, UX/UI dizayner, backend dasturchi, quality assurance (QA) bo’yicha mutaxassis va frontend dasturchi birga ishlashadi.

Frontend dasturlashda HTML va CSS texnologiyalari, JavaScript dasturlash tili va shularning atrofidagi dasturchilar uchun qulaylik yaratib beruvchi insturmentlardan foydalaniladi.

Har bir loyihada sayt maketlari detallarigacha to’liq berilmagani uchun frontend dasturchi har bir loyihasini tuzish davomida tajriba orttirib, shu kabi kamroq detallar berilgan holatlarda improvizatsiya qilishga tayyor bo’lishi kerak.


Kurs kimlar uchun?


– Dasturlash sohasiga yangi bo’lganlar;
– Frontend dasturlash bo’yicha turli manbalardan o’rganib biroz tajribaga ega bo’lib, bilimlarini tartibga keltirmoqchi bo’lganlar;
– Frontenddagi bilimlarini amaliy loyihalarda charxlab, kod yozishning optimal usullarini o’rganmoqchi bo’lganlar;
– Frontenddagi JavaScript dasturchi bo’lish uchun HTML va CSS bo’yicha yetarli asos bilimlariga ega bo’lmoqchi bo’lganlar;
– Frontend dasturlashdagi verstka qismi bo’yicha boy portfolioga ega bo’lmoqchilar.

Kurs o’z ichiga oladi:

  • Videodarslar
  • Matn va maqolalar
  • Amaliy mashg’ulotlar
  • Test, oraliq va yakuniy nazorat ishlari
  • Zoom haftalik muhokamalar
  • Yopiq guruh

Kurs tarkibi

  • 01.  HTML – semantik HTML kod yozish, HTML kodni tekshiruvdan o’tkazish va undagi kodni to’g’ri tartiblash.
  • 02. CSS – saytga to’g’ri va qulay usulda bezaklar berish, sahifa tuzilmasini turli miqdordagi ma’lumotga va turli xil ekranlarga moslashadigan qilish. Animatsiyalar va boshqa qiziqarli va kundalik hayotda qo’l keladigan CSS imkoniyatlari.
  • 03. Git va GitHub – loyihani tartibli tarzda tuzish, talqinlar bilan erkin ishlay olish, kodni GitHubda saqlash va loyihalarni ommaga Netlify va GitHub Pages xizmatlari orqali ko’rsatish.
  • 04. BEM nomlash usuli – HTML elementlarini mustaqil bloklarga ajrata olish va CSSda shu bloklarning stillarini bir-biriga tobe bo’lmagan holda to’g’ri usulda yoza olish
  • 05. JavaScript asoslari va DOM bilan ishlash – saytdagi turli xil sodda va kundalik verstkada qo’l keladigan amallarni bajarish: hodisalar bilan ishlash, elementlarga sodda o’zgartirishlar kiritish va shunga o’xshash amallar.
  • 06. Sass – CSS kodni tartibli ko’rinishga keltirish, kamroq kod yoza olish. Katta loyihalarda qadri bilinadi. Umuman olganda har qanday loyihada foydali bo’la oladi.
  • 07. Bootstrap – eng mashhur va “dejurniy” frontend UI kutubxonasi. Avvaliga uning 4-talqinining imkoniyatlari va davomida yangi 5-talqindagi uslub va yangiliklarni bilan ishlash.
  • 08. Verstalshik mutaxassisligi bo’yicha ishga kirish uchun tavsiyalar. Imkoniyatga ko’ra sohadagi kadrlar bilan ishlashga oid tajribaga ega bo’lgan mehmon ekspert bilan masterklass va suhbat.

Biz haqimizda boshqalar fikri

Biz Mohirdev onlayn ta’lim platformasida ilm berishni maqsad qilganmiz.

Anvarbek Ziyodov

Kurs sifatli, tushunarli, loyihalarga asoslangan.

Muhammadjon Ortigaliyev

Kurs juda manfaatlik bo’ldi rahmat! Tarqoq bilimlarni mustahkamlab oldik!

Praktikum kursimiz narxi

Bizga to’lovni Payme va Click orqali amalga oshirishingiz mumkin

1,500,000 so’m

Birmartalik to’lov
  • Barcha materiallarga kirish imkoniyati